add

Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Bugun 13:351962

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq murabbiyi Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida taklif etilishi mumkinligini ma’lum qildi. U rasmiy chaqiruv bo‘lsa, qabul qilishga tayyorligini aytdi.

Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, 44 yoshli Timur Kapadze Indoneziya milliy terma jamoasi bosh murabbiyligini qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Indoneziyadagi Okezone Bola nashri futbol tahlilchisi Effendi Gazali va Timur Kapadzening suhbatiga tayanib xabar berdi.

«Men Indoneziyani va uning futbol muxlislarini yaxshi ko‘raman. Qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorman. Ko‘plab indoneziyalik fanatlar meni terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ko‘rishni istashini aytishdi. Men kutyapman — agar rasmiy taklif bo‘lsa, uni qabul qilaman», — degan u.

Mutaxassis shuningdek, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusida kelajakdagi faoliyati haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Unga ko‘ra, hozircha Qozog‘istondan hech qanday rasmiy taklif bo‘lmagan, ammo Indoneziya, Turkiya va Xitoy variantlari muhokama qilinmoqda.

«Hozircha aniq bir narsa aytish qiyin. Ehtimol, O‘zbekistonda qolib, Superliga jamoalaridan birida ishlashim ham mumkin», — degan Kapadze.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Indoneziya terma jamoasi 16-oktabrda iste’foga chiqqan Patrik Klyuyvertning o‘rniga yangi murabbiy izlamoqda. Nomzodlar orasida Kapadze ham borligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze 2025 yil yanvaridan oktabrigacha O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan. Uning rahbarligida jamoa 9 ta o‘yin o‘tkazib, 5 tasida g‘alaba qozongan va 4 ta uchrashuvni durang bilan yakunlagan. Keyinchalik Kapadze jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro shtabiniga qo‘shilgandi. 9-noyabr kuni esa u milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Teglar

Mavzuga oid

Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin | Vaqt.uz