Logo

To‘qayev erkakcha salomlashish qanday bo‘lishini aytdi

Bugun 08:301 daqiqa

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev jamiyatda yangi xulq-atvor etikasini shakllantirish zarurligini ta’kidlab, erkaklar o‘rtasida quchoqlashib va o‘pishib ko‘rishishni keskin tanqid qildi.

To‘qayev erkakcha salomlashish qanday bo‘lishini aytdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda yangi jamoatchilik etikasi va xulq-atvor madaniyatini shakllantirish zarurligi haqida gapirdi. U erkaklar o‘rtasida quchoqlashish va o‘pishish orqali salomlashishni tanqid qildi.

«Erkaklar bir-birini quchoqlab, o‘pib ko‘rishishi, ayollar erkaklarni o‘pishi, erkaklar ayollarni o‘pishi maqbul emas. Bizning urf-odatlarimizda hech qachon bunday bo‘lmagan», — dedi To‘qayev.

Prezidentning mazkur bayonoti Qurultoy saylovlarida ovoz berishdan keyingi brifingda yangradi.

Prezident ayniqsa harbiy xizmatchilar o‘rtasida bunday ko‘rinishni noto‘g‘ri deb baholadi. U generallar ham bir-birini quchoqlab ko‘rishishayotganini tanqid qildi.

To‘qayevning fikricha, erkaklar uchun an’anaviy salomlashish shakli qo‘l berib ko‘rishish bo‘lib qolishi kerak. U bu odatni jamiyatdagi yangi «xulq-atvor kodi»ning bir qismi sifatida baholadi.

Qanday salomlashish kerak?

«Erkaklar bir-biriga qo‘l uzatishi, uni mahkam siqishi kerak. Qo‘lni issiq kotlet yoki novda kabi uzatib emas, tabassum bilan salomlashish kerak, xolos. Hamisha shunday bo‘lgan», — dedi Qozog‘iston rahbari.

Uning ta’kidlashicha, uchrashganda o‘ng qo‘lni yurak ustiga qo‘yish ham mumkin.

Teglar

Mavzuga oid