Logo

Tramp o‘zini AQSH tarixidagi eng buyuk prezident deb atadi

Bugun 15:502 daqiqa

Donald Tramp AQSH prezidentlari reytingini tuzib, uni «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Reytingning birinchi o‘rniga u o‘zini qo‘ygan. Ekspertlar esa uni eng omadsiz prezidentlardan biri sifatida baholamoqda.

Tramp o‘zini AQSH tarixidagi eng buyuk prezident deb atadi © wikipedia

Donald Tramp 27-avgust kuni «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘ida AQSH prezidentlari reytingini e’lon qildi.

Reytingda prezidentlar olti toifaga ajratilgan: «Eng buyuk», «Buyuk», «Buyuklikka yaqin», «O‘rtacha», «O‘rtachadan past» va «Muvaffaqiyatsizlar». Birinchi toifada faqat Donald Tramp joy olgan.

«Buyuk» prezidentlar qatoriga Avraam Linkoln, Jorj Vashington, Franklin Ruzvelt, Vudro Vilson, Tomas Jefferson va Endryu Jekson kiritilgan.

Teodor Ruzvelt, Grover Klivlend, Jon Adams va Jeyms Polk «Buyuklikka yaqin» toifasiga kiritilgan.

«O‘rtacha» prezidentlar ro‘yxatidan Bill Klinton, Jon Kuinsi Adams, Jeyms Monro, Ruterford Xeys, Jeyms Medison, Martin Van Byuren, Uilyam Taft, Chester Artur, Uilyam Makkinli, Endryu Jonson, Gerbert Guver va Benjamin Xarrison o‘rin olgan.

Eng quyi, «Muvaffaqiyatsizlar» toifasiga esa Jo Bayden, Barak Obama, Uliss Grant, Uorren Xarding va Jimmi Karter kiritilgan. Shu tariqa Tramp uch nafar zamonaviy demokrat prezidentni reytingning eng oxiriga joylashtirgan.

Reytingda qariyb o‘nlab AQSH prezidentlari umuman tilga olinmagan. Bu esa uning tarixiy baholashdan ko‘ra, siyosiy va ramziy mazmunga ega ekanini ko‘rsatadi.

Reyting ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda

Biroq Tramp ulashgan reyting ijtimoiy tarmoqlarda va ekspertlar orasida bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Konspirologiya bo‘yicha tadqiqotchi Mayk Rotshild Trampning jadvali aslida «Life» jurnali 1948 yilda tuzgan reytingga asoslanganini bildirdi. Uning aytishicha, keyinchalik jadvalga Trampning nomi birinchi o‘ringa qo‘shilgan va u tanqid qiladigan ayrim demokratlar pastki pog‘onalarga tushirilgan.

Tramp respublikachi saylovchilar orasida hanuz yuqori qo‘llab-quvvatlovga ega. Ammo uning prezidentlik faoliyatiga umumiy jamoatchilik va ekspertlarning munosabati bir xil emas.

photo_2026-08-28_15-51-33


AQSH prezidentlari tarixini o‘rganuvchi ekspertlar va tarixchilarning qator reytinglarida Tramp mamlakat tarixidagi eng past baholangan prezidentlar qatorida qayd etib kelinadi.

Teglar

Mavzuga oid