add

Uitaker: Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

29.10.2025 | 10:511631

AQSHning NATOdagi elchisi Donald Tramp Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidladi.

Uitaker: Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar tayyorlamoqda. Bu haqda NATOdagi AQSH elchisi Metyu Uitaker Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi cheklovlar Moskvaga bosimni kuchaytirib, Vladimir Putinni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur etishi mumkin.

«Biz bu sanksiyalarni joriy qildik va ularga qat’iy rioya qilamiz», — dedi Uitaker.

Elchining ta’kidlashicha, Vashingtonning asosiy maqsadi — Rossiyani Ukrainadagi urushni tugatishga undash yoki kamida vaqtinchalik sulh tuzishga erishishdir.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning ikki yirik neft kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl»ga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi. Bu Tramp prezidentlikka kelganidan beri Rossiyaga qarshi kiritilgan ilk yirik moliyaviy cheklov paketi bo‘ldi.

Sanksiyalar haqidagi xabardan so‘ng neft narxi keskin o‘sdi, biroq bozorning umumiy reaksiyasi ehtiyotkor bo‘ldi. Tahlilchilar buni Vashington tomonidan yangi choralarni qanday darajada amalga oshirilishiga oid noaniqlik bilan izohlamoqda.

«Prezident Trampning qo‘lida hali ko‘p «ko‘zir»lar bor. Bu faqat ulardan biri, xolos. Qolganlari ham navbatda», — deya qo‘shimcha qildi Uitaker.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ma’muriyati Moskvaga nisbatan bosim siyosatini bosqichma-bosqich kuchaytiradi.

Teglar

Mavzuga oid

Uitaker: Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda | Vaqt.uz