Umra safarlari vaqtincha to‘xtatildi
Yaqin Sharqdagi vaziyat sababli O‘zbekistondan amalga oshiriladigan Umra safarlari vaqtincha qoldiriladi.

Yaqin Sharqdagi voqealar tufayli umra safarlari vaqtincha kechiktiriladiyu Bu haqda bugun, 1-mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan vaziyatning keskinlashuvi hamda havo makonidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda. Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi tomonidan fuqarolarga ushbu hududdagi davlatlarga safar uyushtirmaslik, ayni paytda o‘sha yerlarda bo‘lib turgan vatandoshlarga esa ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.
Mazkur vaziyatni inobatga olgan holda, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi. Xususan, 2-mart kuni idora tomonidan rejalashtirilgan Toshkent-Jidda yo‘nalishidagi navbatdagi Umra ziyoratchilari reysi ham ma’lum muddatga qoldirildi.
«Aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqida rasmiy manbalar orqali qo‘shimcha axborot beriladi. Yurtdoshlarimizdan ushbu holatni to‘g‘ri qabul qilishlarini va rasmiy ma’lumotlarga tayanib ish yuritishlarini so‘raymiz», – deyiladi xabarda.





