Umradagi fuqarolarni qaytarish uchun maxsus reyslar tashkil qilinadi

02.03.2026 | 09:341 daqiqa

Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonlik ziyoratchilarni mamlakatga qaytarish maqsadida Jiddadan Toshkentga repatriatsiya reyslari tashkil qilinadi.

Umradagi fuqarolarni qaytarish uchun maxsus reyslar tashkil qilinadi

Umra safaridagi O‘zbekiston fuqarolari maxsus reyslar bilan mamlakatga olib kelinadi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishga qadar ziyoratchilarni umra dasturi asosida Saudiya Arabistoniga olib borishni to‘xtatish topshirilgan. Ushbu cheklov Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlarga ham tatbiq etilgan.

Repatriatsiya rejasi

2026 yil 2-martdan boshlab «Uzbekistan Airways» tomonidan Jidda – Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reyslari yo‘lga qo‘yiladi. Ular orqali umra dasturi asosida Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan O‘zbekiston fuqarolari bosqichma-bosqich vatanga qaytariladi.

Aviakompaniya reyslar jadvali va tashkiliy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha axborot alohida e’lon qilinishini bildirgan. Mazkur chora fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Safarlarga cheklov

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Yaqin Sharqdagi vaziyat sababli O‘zbekistondan amalga oshiriladigan Umra safarlari vaqtincha qoldirilganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Yaqin Sharq davlatlariga safarlarni vaqtincha rejalashtirmaslikni tavsiya etgan. Rasmiylar vaziyat barqarorlashguniga qadar ehtiyotkorlikka amal qilish zarurligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid