Logo

Venesueladagi zilzila oqibatlari bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi

Kecha 22:001 daqiqa

Mamlakatda 24-iyun kuni 7,2 va 7,5 balli ikkita zilzila sodir bo‘lgan edi.

Venesueladagi zilzila oqibatlari bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi

Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 589 nafarga yetdi.

Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, yana qariyb 3 ming kishi turli darajada jarohat olgan. Qutqaruvchilar yuzlab odamlar hali ham vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

Bedarak yo‘qolganlarni qidirish platformasida 26-iyun holatiga ko‘ra 50 mingdan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tgan.

Zilzilalar magnitudasi 7,2 va 7,5 ballni tashkil etgan bo‘lib, epitsentr Karakasdan 160 kilometr g‘arbda joylashgan.

Eng katta vayrongarchilik La-Guayra shahrida qayd etilgan. U yerda kamida 100 ta bino, jumladan, ko‘p qavatli turar joylar qulab tushgan.

«Reuters» agentligining yozishicha, mahalliy aholi va ko‘ngillilar texnika yetishmasligi sababli vayronalarni qo‘l kuchi bilan tozalashga majbur bo‘lmoqda.

Xalqaro qutqaruv operatsiyasi boshlangan

Qutqaruv amaliyotiga xorijiy davlatlar ham qo‘shilgan. Meksika 250 nafar, Salvador 188 nafar, Ispaniya esa qariyb 100 nafar qutqaruvchini yuborgan.

AQSH Venesuelaga 150 million dollarlik gumanitar yordam ajratishini e’lon qilgan. Shuningdek, gumanitar yuklarni yetkazishni yengillashtirish maqsadida ayrim sanksiyalar vaqtincha yumshatilgan.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio qutqaruv guruhlari yuborilishi va Karakas aeroportini tiklash ishlariga ham yordam ko‘rsatilishini bildirgan.

BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, zilzila oqibatlari taxminan 7 million kishiga ta’sir qilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid