«WB Taxi» ustun mavqega ega platforma deb topildi
Ustun mavqega ega korxonalar raqobatchilar ta’siridan nisbatan mustaqil holda bozor qoidalari, narxlar va xizmat ko‘rsatish shartlarini belgilashi yoki o‘zgartirishi mumkin.
© Vaqt.uz | Javhar ChorshanbiyevaRaqobat qo‘mitasi «WB Taxi» MCHJ yo‘lovchilarni taksida tashish uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatida raqobat qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlash va ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish maqsadida majburiy monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi. Shuningdek, kompaniya faoliyati muntazam monitoring qilib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Uklon» taksi xizmati ham O‘zbekistonda ustun mavqega ega raqamli platforma deb topilgandi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu maqom «Yandex» platformasiga 2024 yilda berilgan.





