Logo

«Yo‘llar yopilmadi»: Sadir Japarov rafiqasi bilan kafeda ko‘rinish berdi

Bugun 19:451 daqiqa

Ular kafeda boshqalar qatori odatiy sharoitda o‘tirgan, maxsus joy buyurtma qilishmagan.

«Yo‘llar yopilmadi»: Sadir Japarov rafiqasi bilan kafeda ko‘rinish berdi © Videodan kadr

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi Aygul xonim oddiy tashrif buyuruvchilar qatorida kafelardan birida ko‘rinish berdi. Davlat rahbari hamda uning turmush o‘rtog‘i aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, deb xabar bermoqda 24.kg.

Nashrning ma’lum qilishicha, prezident Sadir Japarov rafiqasi bilan muassasalardan birida vaqt o‘tkazgan va bu holat voqea guvohlari tomonidan tasvirga olinib, tarmoqlarga joylangan.

«Protokolsiz sharoit» va guvohlar hayrati

Kafega kelgan mijozlardan biri davlat rahbari boshqalar qatorida, odatiy sharoitda o‘tirgani sababli, uni boshida tanimaganini ta’kidlagan.

«Prezidentimizni ko‘rish juda kutilmagan holat bo‘ldi. Men hatto bu Sadir Nurgojoyevich va rafiqasi ekanini darhol anglamadim», — degan kafe mijozlaridan biri.

Video muallifining so‘zlariga ko‘ra, prezidentning kafega tashrifi dirasida odatdagidek yo‘llar to‘sib qo‘yilmagan. Ammo davlat rahbarining qo‘riqchilari uning yonida bo‘lgan.

Tarmoq foydalanuvchisi o‘z postida tashrif davomida «protokol sharoitining yo‘qligi» hamda prezidentning «oddiy tashrif buyuruvchilar» bilan yonma-yon bo‘lgani katta taassurot qoldirganini qayd etib o‘tgan.

Teglar

Mavzuga oid