add

1 mlrd so‘mlik iPhoneʼlarni yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

25.07.2025 | 11:4511802

Toshkent viloyatidagi «Navoiy» chegara postida 180 dona iPhoneʼni noqonuniy tarzda O‘zbekistonga olib kirishga urinayotgan to‘rt nafar fuqaro bojxonachilar tomonidan ushlangan.

1 mlrd so‘mlik iPhoneʼlarni yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu shaxslar qo‘shni davlatdan piyoda holda chegaradan o‘tmoqchi bo‘lgan va bojxona tekshiruvi paytida ularning bel qismi hamda qo‘l yuklaridan mobil telefonlar aniqlangan. Qonunga zid ravishda telefondlarni yashirincha olib o‘tishga urinish xolatida 180 dona iPhone foydalanilgan. Bojxonachilar tomonidan aniqlangan telefonlarning umumiy qiymati 1 mlrd 80 mln so‘mga teng ekani ma’lum qilingan. Ushbu qurilmalar hozirda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Ayni vaqtda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bojxonachilar umumiy qiymati 16,4 mlrd so‘m bo‘lgan 44 mingdan ziyod telefonni chegara orqali noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarni fosh etishgan.

Teglar

Mavzuga oid