add

1 sentyabrdan Rossiyada Instagramʼdagi reklama uchun rasmiy jazolar kuchga kiradi

20.06.2025 | 18:4050212

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Rossiyada "Instagram" va "Facebook" kabi Meta kompaniyasiga tegishli platformalarda istalgan ko‘rinishdagi reklama joylashtirish qonuniy ravishda taqiqlanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti tomonidan imzolangan yangi qonunda batafsil belgilangan.

1 sentyabrdan Rossiyada Instagramʼdagi reklama uchun rasmiy jazolar kuchga kiradi
Ushbu o‘zgarish Rossiya hukumati tomonidan Meta'ning faoliyatini ekstremistik deb tan olganidan keyin amalga oshirilmoqda. Endi nafaqat korxonalar, balki oddiy foydalanuvchilar ham reklama kontenti uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Hattoki eski publikatsiyalar uchun ham. Kimlarga qanday jaza qo‘llanadi? Yangi qonunda Instagram’da reklama joylashtirganlarga:
  • Foydalanuvchilarga 2 000 – 2 500 rubl;
  • Rasmiylarga 4 000 – 20 000 rubl;
  • Yuridik shaxslarga esa 100 000 – 500 000 rublgacha jarima solinadi.
Jazo choralari pullik postlar, barter asosidagi reklama, promo-kodlar, xizmatlar taklifi va boshqa turdagi tijorat kontentini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, nativ reklama va mahsulot ko‘rsatish orqali sotuvni rag‘batlantirish harakatlari ham reklama sifatida baholanadi. Qaysi toifalar ta’sirga uchraydi? Ushbu cheklovdan eng ko‘p zarar ko‘ruvchilar:
  • Inflyuyenser va blogerlar;
  • Kichik va o‘rta biznes egalari;
  • Instagram orqali xizmat yoki mahsulot sotadigan korxonalar bo‘ladi.
Qonun faqat 1 sentyabrdan keyin joylashtirilgan reklamalarga tatbiq etiladi. Oldin joylangan postlar uchun jarima belgilanmaydi.

Teglar

Mavzuga oid

1 sentyabrdan Rossiyada Instagramʼdagi reklama uchun rasmiy jazolar kuchga kiradi | Vaqt.uz