
11-fevral kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi
Ertaga respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi taxminan 0..+5 daraja, kunduzi o‘rtacha +5...+10 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zgidromet 11-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +8...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi -1...-6 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja sovuq, kunduzi 0...-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, cho‘l hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +5...+10 daraja iliq, cho‘l hududlarda kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.





