add

17 ta sub’ekt reklama qonuni buzilishi uchun jarimaga tortildi: ular orasida bank filiallari ham bor

03.07.2025 | 20:4044783

O‘zbekistonda reklama qonunchiligi buzilishini aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar natijasida 17 ta sub’ektga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

17 ta sub’ekt reklama qonuni buzilishi uchun jarimaga tortildi: ular orasida bank filiallari ham bor
Raqobat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, uning hududiy boshqarmalari tomonidan ommaviy axborot vositalari, internet va tashqi reklama vositalaridagi reklamalar qonun talablariga qanchalik mos ekanligi tizimli o‘rganildi. Ushbu tekshiruvlar natijasida qonun talablari buzilgan holatlar ko‘plab sub’ektlar faoliyatida aniqlandi. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida «VORIS GAZ OIL» MCHJ, Xorazmda «OSTONA ASL BARAKA» MCHJ, Buxoroda «OMAD BUKHARA MAJMUA» MCHJ va Navoiyda «HUMOYUNSHOX HOTEL» MCHJning reklamalarida qonun buzilish holatlari qayd etildi. Qonunbuzarlar orasida Surxondaryo viloyatida «Davr Bank» XATB Termiz bank xizmatlari markazi, Qashqadaryo viloyatida «Infinbank» AJ Qashqadaryo viloyati filiali va «Tengebank» ABT Qarshi bank xizmatlari markazi ham bor. Qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan tartibda 17 ta sub’ektga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Maxsus komissiya ishni ko‘rib chiqib, moliyaviy jarimalar qo‘llash bo‘yicha qaror chiqardi. Shu bilan birga, qonunbuzarliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, reklama qonunchiligi talablariga rioya qilish barcha sub’ektlar uchun majburiy ekani yana bir bor eslatib o‘tildi. Raqobat qo‘mitasi ushbu yo‘nalishda nazoratni kuchaytirishini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid

17 ta sub’ekt reklama qonuni buzilishi uchun jarimaga tortildi: ular orasida bank filiallari ham bor | Vaqt.uz