add

2 mlrd tonna: Xitoy – Markaziy Osiyo yo‘nalishida yuk tashish hajmi keskin ortib boryapti

«Xitoy temir yo‘llari»ning ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida mazkur yo‘nalish bo‘yicha 7 349 ta reys amalga oshirilgan.

2 mlrd tonna: Xitoy – Markaziy Osiyo yo‘nalishida yuk tashish hajmi keskin ortib boryapti
Xitoydan Markaziy Osiyo yo‘nalishida qatnovchi yuk poyezdlari soni 2025 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga ko‘paydi. Bu haqda «Xitoy temir yo‘llari» davlat korporatsiyasi ma’lum qildi. Bildirilshicha, hisobot davrida «Xitoy – Markaziy Osiyo» yo‘nalishi bo‘yicha 7 349 ta yuk poyezd reyslari amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich nafaqat yillik o‘sishni, balki logistikadagi barqaror tendensiyani ham ko‘rsatadi. Ushbu davrda tashilgan yuklarning umumiy hajmi 1,98 milliard tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga yuqori bo‘lgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, shu bilan birga, «Xitoy – Yevropa» yuk tashish yo‘nalishida ham umumiy barqarorlik saqlanib qolgan.

Teglar

Mavzuga oid