add

«2 sentyabrda jamoat transportini tanlang» — YHXX

01.09.2025 | 18:0042412

O‘quv yilining birinchi kuni yo‘llarda kutilgan tirbandliklarni kamaytirish uchun aholiga shaxsiy avtomobil o‘rniga jamoat transportidan foydalanish tavsiya etildi.

«2 sentyabrda jamoat transportini tanlang» — YHXX
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2 sentyabrda shaxsiy avtomobillardan ko‘ra jamoat transportiga ustunlik berish zarurligini ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalinadigan kuni ertalabdan yo‘llarda an’anaviy ravishda tirbandliklar yuzaga keladi. YHXX ma’lumotiga ko‘ra, jamoat transporti hozirgi kunda qulay va zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘lib, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga ham yordam beradi. Shuningdek, aholidan shaxsiy manfaatdan ko‘ra jamoat manfaatini ustuvor qo‘yish so‘raldi. Ma’lumot uchun, 2 sentyabrda maktab o‘quvchilari uchun darslar boshlanadi. Birinchi kurs talabalari va litsey o‘quvchilari uchun o‘quv yili 3 sentyabrdan start oladi, qolgan kurs talabalari esa 8 sentyabrdan o‘qishga kirishadi.

Teglar

Mavzuga oid