add

2024 yilda jahon bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 3,9 foizga oshdi

23.05.2025 | 13:4525993

Ember tahliliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda jahon bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 1168 mlrd kWhʼga ortib, so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori o‘sish darajalaridan biriga yetdi. Bu o‘sish tiklanish davri bilan bog‘liq emas, balki barqaror talabning o‘sishi natijasi sifatida qayd etildi.

2024 yilda jahon bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 3,9 foizga oshdi
2024 yilda global miqyosda elektr energiyasi iste’moli 3,9 foizga oshdi va mutlaq ifodada 1168 mlrd kWhʼni tashkil etdi. Ember xalqaro tahliliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bu XXI asr boshidan beri kuzatilgan uchinchi yirik yillik o‘sish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich 2010 va 2021 yillarda qayd etilgan o‘sish darajalaridan keyingi eng yuqori natija bo‘ldi. Lekin farq shundaki, o‘sha yillardagi o‘sishlar jahon moliyaviy inqirozi va COVID-19 pandemiyasi kabi global shoklardan keyingi tiklanish jarayoni doirasida sodir bo‘lgan edi. 2024 yildagi o‘sish esa talabning tabiiy o‘sishi va sanoat faolligining oshishi bilan izohlanmoqda. Taqqoslash uchun: AQSHning 2024 yildagi umumiy elektr energiyasi iste’moli 4400 mlrd kWhʼdan ortiqni tashkil etdi. Bu esa jahon iste’molida katta ulushni tashkil etadi, biroq global o‘sish jarayoni faqatgina AQSH hisobiga emas, balki Xitoy, Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlaridagi sanoatlashuv va energiyaga talabning oshishi bilan bog‘liqdir. Ember ta’kidlashicha, elektr energiyasiga bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda va bu holat energiya manbalarining diversifikatsiyasi hamda qayta tiklanadigan manbalarga o‘tish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmoqda. Mutassaddilar ushbu o‘sishni energiya samaradorligi va ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan birgalikda yuritish zarurligini ta’kidlamoqdalar.

Teglar

Mavzuga oid

2024 yilda jahon bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 3,9 foizga oshdi | Vaqt.uz