add

2025 yilda 11 nafar AQSH fuqarosi O‘zbekistonga davolanish uchun keldi

Bugun 12:253181

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida AQSHning necha nafar fuqarosi O‘zbekistonga tashrif buyurgani ma’lum qilindi.

2025 yilda 11 nafar AQSH fuqarosi O‘zbekistonga davolanish uchun keldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida AQSHdan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 28,6 ming nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 5,2 ming nafarga yoki 22,4 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, amerikalik mehmonlarning asosiy qismi O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelgan. 23,6 ming nafar fuqaro madaniy va tarixiy yo‘nalishlardagi sayohatlarni amalga oshirgan.

Shuningdek, 2,4 ming kishi xizmat safarlari doirasida, 2,1 ming nafari esa qarindoshlarini yo‘qlash uchun tashrif buyurgan.

Bundan tashqari, 395 nafar AQSH fuqarosi ta’lim olish maqsadida, 111 nafar tijorat faoliyati uchun, 11 nafar esa davolanish maqsadida O‘zbekistonda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning 9 oyida AQSHga sayohat qilgan O‘zbekiston fuqarolari soni 12 953 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

2025 yilda 11 nafar AQSH fuqarosi O‘zbekistonga davolanish uchun keldi | Vaqt.uz