2025 yilda 8 197 kishi o‘g‘rilik uchun sudlangan

20.02.2026 | 17:501 daqiqa

Eng ko‘p o‘g‘irliklar Toshkent shahrida qayd etilgan.

2025 yilda 8 197 kishi o‘g‘rilik uchun sudlangan

O‘zbekistonda 2025 yilda 8 197 nafar shaxs o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan sudlangan, Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi,

Sudlanganlarning barchasiga Jinoyat kodeksining 169-moddasi doirasida ayblov hukmlari chiqarilgan. Sudlar tomonidan ularga jarima, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari, ozodlikni cheklash hamda ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. 173 nafar shaxs esa shartli hukm qilingan.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyat ishlari eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan. Shuningdek, Farg‘ona, Toshkent, Namangan va Samarqand viloyatlari ham yuqori ko‘rsatkichlar bilan ajralib turdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda 2748 kishi yo‘l qoidasini buzgani uchun sudlanganligi haqida xabar bergan edik.

Ularning 2 591 nafariga jarima, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Teglar

Mavzuga oid