add

2025 yilda aviahalokatlarda 400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Bugun 22:50731

2025 yil boshidan beri dunyo bo‘ylab aviahalokatlar natijasida 400 dan ziyod inson halok bo‘ldi. Bu so‘nggi o‘n yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha yuqori hisoblanadi.

2025 yilda aviahalokatlarda 400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Bloomberg agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning boshidan buyon dunyo miqyosida sodir bo‘lgan aviahalokatlarda 400 dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan. Bu raqam o‘tgan o‘n yildagi o‘rtacha ko‘rsatkich — 284 kishidan ancha yuqori.

Germaniyadagi aviatsiya xavfsizligini tahlil qilish markazi — Jacdec ma’lumotiga ko‘ra, 2015 va 2018 yillar aviatsiya tarixida eng ko‘p qurbonlar qayd etilgan davr bo‘lib, har ikki yilda 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. 2025 yil natijalari esa ana shu yillar darajasiga yaqinlashmoqda.

Jacdec statistikasiga og‘irligi kamida 5,4 tonna bo‘lgan yoki 17 nafardan ortiq yo‘lovchi tashiydigan samolyotlar bilan bog‘liq fojealar kiritilgan. Bu hisobga yo‘lovchi, yuk va charter reyslar ham qo‘shilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda aviahalokatlar sonining ko‘payishiga bir necha omillar sabab bo‘lgan. Ular orasida pandemiyadan keyingi havo harakati tiklanishi, texnik xizmat ko‘rsatishdagi uzilishlar va inson omili asosiy sabab sifatida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning 12-iyun kuni Hindistonning Axmadobod shahri yaqinida Air India aviakompaniyasiga tegishli Boeing 787 Dreamliner samolyoti halokatga uchrab, 260 kishi halok bo‘lgan edi. Bu yilning eng yirik aviafojeasi sifatida qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid

2025 yilda aviahalokatlarda 400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi | Vaqt.uz