add

2025-yilda avtokredit va mikroqarzlar miqdori sezilarli oshdi

Bugun 16:352 daqiqa

O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda avtokreditlar 26,2 foizga, mikroqarzlar esa 56,7 foizga o‘sdi.

2025-yilda avtokredit va mikroqarzlar miqdori sezilarli oshdi

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholiga ajratilgan avtokreditlar va mikroqarzlar hajmi sezilarli darajada oshdi. Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, kreditlashdagi ushbu o‘sish aholining iste’mol faolligi hamda bank xizmatlariga bo‘lgan talab kuchayganini ko‘rsatmoqda.

Yil davomida avtomobil xaridi uchun berilgan avtokreditlar umumiy hajmi 21,56 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilda ajratilgan 17,08 trln so‘mga nisbatan 4,5 trln so‘mga yoki 26,2 foizga ko‘pdir. Natijada avtokreditlash bozorida barqaror o‘sish qayd etildi.

Qaysi oyda eng ko‘p avtokredit olingan?

Oylar kesimida tahlil qilinganda, 2025-yilda avtomobil xaridi uchun eng ko‘p kredit oktabr oyida berilgan bo‘lib, ushbu oydagi ko‘rsatkich 3,54 trln so‘mga yetgan. Eng kam kredit mart oyiga to‘g‘ri kelib, u 1,06 trln so‘mni tashkil etgan. Iyul oyidan boshlab avtokreditlar hajmi bosqichma-bosqich oshgan.

Solishtirish uchun, 2024-yil davomida biror oyda berilgan avtokreditlar hajmi 2 trln so‘mga yetmagan edi. 2025-yilda esa ayrim oylarda ushbu ko‘rsatkich 3,5 trln so‘mdan oshib ketdi. Bu aholining avtomobil xaridiga bo‘lgan ehtiyoji va moliyaviy imkoniyatlari kengayganini ko‘rsatadi.

1

Mikroqarz ajratish

Mikroqarzlar segmentida ham katta o‘sish kuzatildi. 2024-yilda jami 45,84 trln so‘m mikroqarz ajratilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu raqam 71,81 trln so‘mga yetdi. Shu tariqa o‘sish sur’ati 56,7 foizni tashkil qildi. 2025-yilda eng ko‘p mikroqarz aprel oyida berilgan bo‘lib, ushbu oyda 7,48 trln so‘m qayd etilgan. Biroq avgust oyidan boshlab mikroqarzlar hajmida pasayish tendensiyasi kuzatila boshlagan.

Teglar

Mavzuga oid