add

2025-yilda kafe va restoranlar savdosi 237,6 trln so‘mga yetdi

23.01.2026 | 16:501 daqiqa

O‘zbekistonda o‘tgan yili umumiy ovqatlanish bozorida savdo aylanmasi va soliq tushumlari oshdi. Sohadagi yirik brendlar nomi ma’lum bo‘ldi.

2025-yilda kafe va restoranlar savdosi 237,6 trln so‘mga yetdi

2026 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 26 390 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Savdo aylanmasi

2025 yilda umumiy ovqatlanish korxonalarining jami savdo aylanmasi 237,6 trillion so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 14,7 foizga oshgan. Bunday o‘sishni aholi iste’mol faolligining saqlanib qolishi, shaharlashuv jarayonlari va umumiy ovqatlanish bozori to‘lmaganligi bilan izohlanadi.

Eng ko‘p soliq to‘laganlar

2025 yilning 11 oyida kafe va restoranlar davlat budjetiga jami 1,56 trillion so‘m soliq to‘ladi. Eng katta soliq tushumlari fast-fud tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Jumladan, birinchi o‘rinni «KFC» egallab, 83,2 milliard so‘m soliq to‘ladi. Ikkinchi o‘rinda «EVOS» bo‘lib, uning soliq to‘lovlari 62,4 milliard so‘mni tashkil etdi. Uchinchi o‘rindan «Oqtepa Lavash»( 35,4 milliard so‘m) joy oldi. Shuningdek, «Feed Up» (7,4 mlrd so‘m), «Max Way» (6,3 mlrd so‘m) va «Bellissimo Pizza» (6 mlrd so‘m) ham yirik soliq to‘lovchilar sifatida qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid