add

2025 yilda tashabbusli byudjetga qancha mablag‘ yo‘naltirildi?

Kecha 17:351 daqiqa

Tashabbusli byudjetga ajratilgan mablag‘larning deyarli yarmi ichki yo‘llarni ta’mirlashga sarflandi.

2025 yilda tashabbusli byudjetga qancha mablag‘ yo‘naltirildi?

2025 yilda Tashabbusli budjet loyihalari uchun jami 6,5 trln so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy ma’lumot berdi. Dastur doirasida ajratilgan mablag‘lar mahallalarda eng dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltirildi.

Mablag‘ning eng katta qismi — 3,2 trln so‘m yoki 49 foizi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlariga sarflanadi. Bu ko‘rsatkich mahallalarda transport qatnovi, xavfsizlik va aholi kundalik hayoti uchun muhim infratuzilmani yaxshilash ustuvor yo‘nalish ekanini ko‘rsatadi.

Shuningdek, umumta’lim maktablarini ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 1,5 trln so‘m ajratildi. Sog‘liqni saqlash sohasiga esa 0,5 trln so‘m yo‘naltirilib, tibbiy muassasalar holatini yaxshilash rejalashtirilgan.

2025 yilgi Tashabbusli budjet jarayonlari yakuniga ko‘ra, jami 3 ming 984 ta mahalla g‘olib deb topildi. Ularning 728 tasi ilk bor ushbu dasturda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, mahalliy tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Dastur doirasida 2026 yildan boshlab sherikchilik asosida moliyalashtirish mexanizmi ishga tushadi. Aholi tomonidan loyiha qiymatining 50 foizi to‘plansa, bunday loyihalar avtomatik tarzda g‘olib deb e’tirof etiladi va qolgan qismi davlat tomonidan qoplanadi.

Bunda har bir mahallaga bir mavsumda faqat bitta sherikchilik loyihasini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, belgilangan mablag‘ni jamlay olmagan loyihalar an’anaviy ovoz berish bosqichiga o‘tkaziladi.

Teglar

Mavzuga oid