add

2025 yilgi paxta terimi uchun «tavsiyaviy» narxlar belgilandi

31.08.2025 | 12:0034863

Qishloq xo‘jaligi vazirligi joriy mavsumda paxta terimi uchun tavsiya etilgan rasmiy narxlarni e’lon qildi va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan «Paxta terimi uchun 1 kilosiga 1800 so‘mdan to‘lanadi» mazmunidagi xabarlarni inkor etdi.

2025 yilgi paxta terimi uchun «tavsiyaviy» narxlar belgilandi
Paxta terimi uchun «tavsiyaviy» narx belgilandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, mashina yordamida terilgan paxtaning har kilogrammi uchun 1 373 so‘m, qo‘l mehnatida esa 2 000 so‘m tavsiyaviy narx belgilangan. Shu bilan birga, klaster va fermerlar terimchilar bilan o‘zaro kelishuv asosida mustaqil ravishda ham narx belgilashi mumkin. Qayd etilishicha, paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida davlat byudjeti hisobidan har kilogramm uchun 1 000 so‘m subsidiya ajratiladi. Bu tartib terimchilar mehnatini rag‘batlantirish va agrar sohada barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Shu munosabat bilan vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «1 kg — 1 800 so‘m» haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi. Rasmiy idoraga ko‘ra, terim narxlari faqat rasmiy manbalar orqali jamoatchilikka yetkaziladi. Vazirlik OAV va blogerlarni axborot tarqatishda xolislikka amal qilishga, tekshirilmagan ma’lumotlar jamiyatda chalkashlik keltirib chiqarishi va qonunchilikka ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini eslatdi.

Teglar

Mavzuga oid