
2025 yilning eng yaxshi kompakt smartfonlari aniqlandi
10.08.2025 | 20:3036794
Phone Arena tahlilchilari 6–6,3 dyuymli ekranli, kuchli texnik imkoniyatlarga ega kompakt smartfonlarning eng yaxshi modellarini tanladi.

Smartfonlar bo‘yicha ixtisoslashgan Phone Arena portali 2025 yilda sotib olishga arziydigan eng yaxshi kompakt modellar reytingini e’lon qildi. Ularda faqat o‘lchamlar emas, balki ishlash tezligi, funksional imkoniyatlar, qurilish sifati va boshqa muhim jihatlar hisobga olingan.
iPhone Mini va Asus Zenfone lineykalari yo‘qolganidan so‘ng, hozir 6–6,3 dyuymli ekranli qurilmalar kompakt hisoblanadi. Oxirgi paytlarda bunday smartfonlarga talab ortib bormoqda.
Birinchi o‘ringa 6,1 dyuymli OLED-displeyga ega iPhone 16 qo‘yildi. U iPhone 13 Mini’ning zamonaviy o‘rnini bosuvchi deb baholanmoqda — tezkor, qulay avtonomlikka ega va zamonaviy dizaynda. Aytishlaricha, bu yil bazaviy modelning o‘lchami kattaroq bo‘lishi mumkin.
Android tarafdorlari uchun eng yaxshi muqobil — Samsung S25. Uning 6,2 dyuymli ekrani va 162 gramm vazni bilan u yengil va qulay. Smartfon so‘nggi Snapdragon 8 Elite chipi, yuqori sifatli kameralar va 7 yillik dasturiy ta’minot yangilanishini taklif qiladi.
Uchinchi o‘rinni 6,3 dyuymli Google Pixel 9 Pro egalladi. U suratga olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun eng yaxshi kompakt smartfon sifatida e’tirof etildi.
Eng arzon variant sifatida Google Pixel 9a tanildi — 499 dollar evaziga Tensor G4 protsessori, ikki kamerali tizim, Google AI imkoniyatlari va 7 yillik Android yangilanishlari taklif etiladi. iPhone 16e ham arzonroq muqobil sifatida ko‘rsatildi.
Shuningdek, Motorola Razr Ultra va Motorola Razr (2025) «raskladushka» modellari ham reytingga kiritildi. Asosiy 7 dyuymli ekranga ega bo‘lsa-da, ularning buklanadigan mexanizmi tufayli juda kompakt hisoblanadi.





