add

2025 yilning olti oyida yilda necha kishi O‘zbekistonni butunlay tark etgani aytildi

23.07.2025 | 20:3019372

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda aholi ichki ko‘chishi keskin saqlanib qolgan bo‘lsa-da, xorijga ketish holatlari ichki migratsiyaga nisbatan ancha yuqori sur’atda ortgani ko‘zga tashlandi.

2025 yilning olti oyida yilda necha kishi O‘zbekistonni butunlay tark etgani aytildi
2025 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga jami 127 759 kishi doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan. Ularning ko‘pchiligi — 127 086 nafari mamlakatning boshqa hududlaridan kelgan. Qolgan 673 kishi esa xorijiy davlatlardan qaytib kelgan aholini tashkil etgan. Bu haqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ushbu davrda jami 132 637 kishi turli hududlarga ko‘chib ketgan. Ulardan 127 086 nafari respublika ichida joyini o‘zgartirgan bo‘lsa, 5 551 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketgan.

Teglar

Mavzuga oid