add

2026 yil Jahon chempionati chiptalar sotuvga chiqdi

02.10.2025 | 16:1536382

FIFA 2026 yil Jahon chempionati chiptalari narxlarini e’lon qildi. Final uchun eng arzon toifadagi chipta 2 030 dollardan boshlansa, qimmatroq toifadagi o‘rinlar 6 370 dollargacha yetmoqda.

2026 yil Jahon chempionati chiptalar sotuvga chiqdi
Jahon chempionati chiptalari 2025 yil sentyabrdan bosqichma-bosqich sotuvga chiqarilmoqda. Dastlabki «Visa Presale Draw» jarayonida muxlislar maxsus FIFA ID orqali ro‘yxatdan o‘tishi shart bo‘ldi. Tanlanganlarga elektron pochta orqali ma’lumot yuborildi va ularga chipta sotib olish uchun maxsus vaqt ajratildi. Biroq vaqt ajratilgani chipta olish kafolati emasligi qayd etildi. Guruh bosqichi o‘yinlari — 60 dollardan 620 dollargacha (stadion va toifadagi joyga qarab). Eng arzon chiptalar faqat yuqori burchak sektorlarda mavjud bo‘ladi. Mexiko shahridagi ochilish o‘yini: 370 dollardan – 1,825 dollargacha; Toronto ochilish o‘yini: 355 dollardan – 1,745 dollargacha; AQSH (Los-Anjeles) ochilish o‘yini: 560 dollardan–2,735 dollargacha. 1/16 final (Round of 32): 125 dollardan – 665 dollargacha; 1/8 final (Round of 16): 170 dollardan – 890 dollargacha; Chorak final: 275 dollardan –1,690 dollargacha; Yarim final: 420 dollardan – 2,780 dollargacha; 3-o‘rin uchun bahs: 165 dollardan – 1,000 dollargacha; Final (Nyu-Jersi, MetLife Stadium): 2,030 dollardan – 6,370 dollargacha. Narxlar mamlakatga qarab farq qiladi: AQSHdagi o‘yinlar Meksikadagi o‘yinlarga qaraganda qimmatroq. Chiptalar turi: Bitta o‘yin uchun chipta (kim o‘ynashi hali noma’lum); Stadion bo‘yicha paket (o‘sha arenadagi barcha guruh o‘yinlari + bitta pley-off uchrashuvi); Jamoaga oid paket (bir jamoaning barcha 3 ta guruh o‘yini). FIFA «o‘zgaruvchan narxlash» (variable pricing) strategiyasini qo‘llaydi. Mashhur jamoalar (masalan, Argentina, Angliya) o‘yinlari uchun narxlar oshishi, kam talab bo‘lgan uchrashuvlar uchun esa pasayishi mumkin. Umumiy chiptalar soni: taxminan 6,5–7 million, shundan birinchi bosqichda 1 millioni sotuvga chiqarilmoqda. Har bir xaridor maksimal 40 ta chipta, har bir o‘yin uchun esa 4 tadan ko‘p emas sotib olishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid