add

2026 yil uchun Prezident murojaatnomasi va Davlat dasturi uchun takliflar qabuli boshlandi

28.08.2025 | 13:0030502

Asosiy e’ibor iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish, ilg‘or tadbirkorlik loyihalarini izchil ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy sohani kompleks rivojlantirishga qaratiladi.

2026 yil uchun Prezident murojaatnomasi va Davlat dasturi uchun takliflar qabuli boshlandi
Strategik islohotlar agentligi e’loniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil uchun Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda Murojaatnomani amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihalariga takliflar qabul qilinmoqda. Har bir fuqaro Prezident murojaatnomasi hamda murojaatnomani amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihalariga o‘z taklif va tashabbuslarini taqdim etishi imkoniyatiga ega. Agentlikning qayd etishicha, alohida e’tibor iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish, ilg‘or tadbirkorlik loyihalarini izchil ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy sohani kompleks rivojlantirish, ta’lim va tibbiyotda zamonaviy yondashuvlarni joriy qilishni davom ettirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash, qonun ustuvorligiga asoslangan jamiyatni shakllantirish va tinchliksevar tashqi siyosatni davom ettirishga doir takliflarga qaratiladi. Barcha murojaatlar sinchkovlik bilan o‘rganilib, yakuniy hujjatlarni tayyorlashda inobatga olinishi va’da qilinmoqda. Taklif va tashabbuslarni quyidagi elektron pochta orqali yuborish mumkin: takliflar@asr.gov.uz

Teglar

Mavzuga oid

2026 yil uchun Prezident murojaatnomasi va Davlat dasturi uchun takliflar qabuli boshlandi | Vaqt.uz