add

2026 yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga 3,3 trillion so‘m yo‘naltiriladi

Bugun 12:472291 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida 2026-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga 3,3 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilindi.

2026 yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga 3,3 trillion so‘m yo‘naltiriladi

Qayd etilishicha, dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda mamlakatda suv resurslaridan oqilona foydalanish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash natijasida hozirga qadar 2,6 mln gektar yer maydonida suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan bo‘lib, bu sug‘oriladigan yerlarning qariyb 60 foizini tashkil etadi. Xususan, 664 ming gektarda tomchilatib, 121 ming gektarda yomg‘irlatib, 73 ming gektarda diskret sug‘orish texnologiyalari qo‘llanilgan. Shuningdek, 1,6 mln gektar maydonda lazerli tekislash ishlari bajarilgan.

2025-yilda suv tejovchi texnologiyalar 817,2 ming gektar yerda joriy etilib, reja 168 foizga bajarilgan. Natijada bir yil davomida 2,3 mlrd kub metr suv tejalgan.

Mutaxassislar baholashicha, mazkur texnologiyalar suv sarfini 45–50 foizga, yoqilg‘i va mineral o‘g‘itlar sarfini 25–35 foizga kamaytirib, hosildorlikni o‘rtacha 15–20 foizga oshirmoqda.

Rejalarga muvofiq, 2026-yilda jami 503 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Shundan 75,4 ming gektarda tomchilatib, 34,6 ming gektarda yomg‘irlatib, 28,9 ming gektarda diskret sug‘orish texnologiyalari qo‘llaniladi. Bundan tashqari, 200 ming gektar yer maydonida lazerli tekislash ishlari amalga oshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid