
2026 yildan davlat organlari faolligi baholanadi
23.06.2025 | 13:4537262
O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari faolligining milliy reyting tizimi joriy etiladi. Prezident farmoniga muvofiq, baholash bir necha asosiy mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Prezident farmoniga ko‘ra, kelasi yildan davlat organlari va tashkilotlari faolligini baholash uchun maxsus reyting tizimi amalga tadbiq etiladi. Bu tizim davlat boshqaruvini shaffof, samarali va aholi uchun foydaliroq qilishni maqsad qiladi.
Reyting quyidagi yo‘nalishlardagi natijalar asosida shakllantiriladi: inson resurslarini boshqarish, davlat xizmatlari sifati va tezkorligi, faoliyatdagi ochiqlik, korrupsiyaga qarshi kurash, raqamlashtirish darajasi, rahbarlar faoliyati samaradorligi hamda boshqa normativ baholar.
Tuziladigan reyting nafaqat ijro organlari faoliyatini nazorat qilish, balki ularni ish usullarini qayta ko‘rib chiqish, boshqaruv jarayonlarini soddalashtirish va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Natijalar asosida quyi ko‘rsatkichlarga ega davlat organlari ish uslubini yangilashiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, hukumat yig‘ilishlarida rahbarlarning shaxsiy faoliyatiga ham baho berilib boriladi.
Ushbu tizim davlat xizmatlarini aholi ehtiyojlariga mos ravishda shakllantirish, fuqarolar ishonchini oshirish va tuzilmalarda aniqlik va mas’uliyatni ta’minlashni ko‘zlaydi.





