2026-yilning mart oyi uchun «Palov indeksi» ma’lumotlari e’lon qilindi
Statqo‘mga ko‘ra, Toshkentda 1 kg palov 120 ming so‘mga, Qoraqalpog‘istonda esa 100 ming so‘mga tushmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yilning mart oyi uchun hududlar kesimida bir kilogramm palov tayyorlash uchun sarflanadigan mablag‘ miqdori haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida, eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan.
Hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagicha:
• Qoraqalpog‘iston Resp. – 99 973 so‘m
• Andijon viloyati – 108 169 so‘m
• Buxoro viloyati – 110 836 so‘m
• Jizzax viloyati – 111 556 so‘m
• Qashqadaryo viloyati – 113 936 so‘m
• Navoiy viloyati – 112 911 so‘m
• Namangan viloyati – 110 958 so‘m
• Samarqand viloyati – 115 821 so‘m
• Surxondaryo viloyati – 113 661 so‘m
• Sirdaryo viloyati – 106 589 so‘m
• Toshkent viloyati – 115 026 so‘m
• Farg‘ona viloyati – 117 627 so‘m
• Xorazm viloyati – 109 457 so‘m
• Toshkent shahri – 119 989 so‘m.
Statistik hisob-kitoblarda bir kilogramm palov uchun quyidagi mahsulotlar va miqdorlar asos qilib olingan:
• kungaboqar yog‘i – 0,3 l
• piyoz – 300 gr
• mol go‘shti – 700 gr
• sabzi – 1 kg
• guruch – 1 kg
• no‘xat – 100 gr
• zira – 10 gr
• osh tuzi – 20 gr.
Eslatib o‘tamiz, keltirilgan qiymatlar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxi asosida hisoblangan bo‘lib, ular hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palov narxini ifodalamaydi.





