2027-yildan suv solig‘i hududga qarab hisoblanadi

Kecha 17:202 daqiqa

2027-yildan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va subsidiyalar miqdori sug‘oriladigan yer maydonlarining suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab belgilanadi.

2027-yildan suv solig‘i hududga qarab hisoblanadi

2027-yildan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari hamda subsidiyalar miqdori sug‘oriladigan yer maydonlarining suv bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bu haqda 2026-yil 5-fevralda qabul qilingan PQ–47-son qarorda belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, agar sug‘oriladigan yer maydoni suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududda joylashgan bo‘lsa va fermer tomonidan suv tejovchi texnologiyalar joriy etilsa, ajratiladigan subsidiyalar 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent bilan hisoblanadi.

Aksincha, agar yer maydoni suv bilan barqaror ta’minlangan hududda joylashgan bo‘lib, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilmasa, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki barobar oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.

Har yili 1-aprelga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda vegetatsiya davri uchun suv manbalarining ta’minlanganlik darajasini tahlil qiladi. Shu asosda suv bilan barqaror ta’minlangan va ta’minlanmagan hududlarda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ro‘yxati shakllantirilib, Xalq deputatlari tuman kengashlariga tasdiq uchun kiritiladi.

Qarorga muvofiq, 2027-yildan boshlab sholi yetishtiriladigan maydonlarning suv kirish qismiga hamda baliqchilik xo‘jaliklarida suv kirish va chiqish nuqtalariga tadbirkorlar o‘z mablag‘lari hisobidan “aqlli” suv o‘lchash va hisoblash vositalarini o‘rnatishi shart bo‘ladi. Agar ushbu qurilmalar o‘rnatilmasa, suv solig‘i ikki barobar oshirilgan tartibda hisoblanadi.

Mazkur mexanizm Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin amaliyotga joriy etiladi.

Teglar

Mavzuga oid