
2027 yilgacha qishloq xo‘jaligidagi barcha yerlar ijaraga o‘tadi — Prezident qarori
10.09.2025 | 08:004943
O‘zbekistonda 2027 yil 1 yanvargacha barcha qishloq xo‘jaligi yerlari to‘liq ijara huquqiga o‘tkazilishi va bozor mexanizmi joriy etilishi belgilandi.

9 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda respublikada 45 mln gektar hududning qariyb 42 mln gektari davlat kadastriga kiritilgan. Buning ichida 26 mln gektardan ziyod qishloq xo‘jaligi yerlarining 88,4 foizi to‘liq hisobga olingan.
Yig‘ilishda foydalanilmayotgan yerlarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan onlayn auksionlarga chiqarish uchun inson omilini istisno qiluvchi elektron tizim yaratish topshirildi. Bu yerlar tuman hokimliklari ixtiyoriga qaytarilgan bo‘lib, alohida ro‘yxat yuritilishi lozimligi qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligida yerlarni ijaraga berishni bozor munosabatlariga muvofiq ravishda rivojlantirish ishlari boshlangan. Subijara va qayta ijara institutlari joriy etilib, endi yer egalari yerning bir qismini boshqa foydalanuvchiga vaqtincha berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ilgari bunday amaliyot faqat davlat orqali amalga oshirilgan.
Yig‘ilishda 2027 yil 1 yanvargacha mamlakatdagi barcha qishloq xo‘jaligi yerlari to‘liq ijara huquqiga o‘tkazilishi belgilandi. Shuningdek, bu yerlarda maxsus loyiha asosida sovutkich omborlar, saralash va qadoqlash shoxobchalari, suv tejovchi infratuzilmalar va texnikalar uchun ayvonlar qurishga ruxsat beriladi.
Prezident arendatorlar huquqlarini himoya qilish, ijara munosabatlarini rivojlantirish va bozor mexanizmlarini chuqurroq joriy etish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi. Prezentatsiya yakunida tegishli farmon imzolandi hamda normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qaror





