add

2030 yilga kelib kripto post-savdo bozorining 10 foizini boshqaradi — Citibank

04.09.2025 | 10:3021666

GenAI texnologiyalari yordamida kripto va raqamli aktivlar post-savdo bozorining 10 foizini boshqarishi kutilmoqda. Bunda AQSH yetakchiligi prognoz qilingan.

2030 yilga kelib kripto post-savdo bozorining 10 foizini boshqaradi — Citibank
Citibank o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, 500 dan ortiq moliya rahbarlari kelajakda kripto va raqamli aktivlar post-savdo bozorining 10 foizini boshqarishi kutilmoqda. Bu haqda bankning «Securities Services Evolution» hisobotida keltirilgan. Hisobotga ko‘ra, banklar tomonidan chiqarilgan steyblkoinlar (barqaror aktivlarga bog‘langan kripto-tanga, masalan AQSH dollari, oltin va hokazo) asosan garov samaradorligini qo‘llab-quvvatlash, fond tokenizatsiyasi va xususiy bozorning qimmatli qog‘ozlarini ta’minlashda asosiy vosita hisoblanadi. So‘rovda 537 ta holder (uzoq muddatli kripto investorlar), bank, broker, aktivlar boshqaruvchilari va institutsional investorlar qatnashdi. Ularning aksariyati post-savdo operatsiyalarida generativ sun’iy intellekt (GenAI)dan foydalanishni sinovdan o‘tkazayotganini aytdi.   Kriptosanoat yangi burilish nuqtasiga kirdi Citibank 2021-yilgi hisobotlarida raqamli aktivlar qabul qilish jarayoni tajriba bosqichidan strategik jarayonga o‘tganini, ammo kriptosanoatda hali burilish nuqtasiga yetmaganini ta’kidlagan. «Yillar davomidagi tayyorgarlikdan so‘ng, global post-savdo sanoati tezlik, xarajatlar va bardoshlilikni yaxshilash uchun transformatsiya qilish davriga tayyor», — deydi Citibank 2025-yilgi hisobotida. Bundan tashqari, blokcheyn texnologiyasi kelgusi uch yilda moliya xarajatlariga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.   Qaysi davlatlarda kripto bozor kuchayadi? Raqamli aktivlar o‘sishi bo‘yicha kutilmalar AQSHda yuqori bo‘lib, 2030-yilda bozor aylanmasining 14 foizi raqamli yoki tokenlashtirilgan aktivlar tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Yevropa davlatlarida bu ko‘rsatkich 10 foiz, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida esa 9 foizni tashkil qiladi. Cripto illustr Citibank 2025 yilda AQSHdagi salbiy o‘zgarishlar 2023 yilda qabul qilingan GENIUS qonuni kabi tartibga soluvchi o‘zgarishlar bilan bog‘liqligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, Circle kabi yirik firmalar va BlackRock kabi aktivlar boshqaruvchilari raqamli likvidlikni kengaytirishga bo‘lgan yondashuvlarini o‘zgartirgan.

Sun’iy intellekt (GenAI) post-savdo bozoriga ta’siri So‘rovda ishtirok etganlarning 57 foizi GenAI texnologiyasini post-savdo jarayonlarida sinovdan o‘tkazayotganini bildirgan. Institutsional investorlarning 67 foizi esa bu texnologiyani hisob-kitoblar, tozalash va hisoblash jarayonlarida qo‘llamoqda. Generativ sun’iy intellekt matn, tasvirlar, videolar va boshqa turdagi ma’lumotlarni yaratish uchun generativ modellardan foydalanadi. Biroq so‘rovnomada qatnashganlarning eng ko‘p qismi o‘z kompaniyalari GenAI texnologiyasini xodimlarni ishga qabul qilish jarayonida sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Bunda brokerlarning 83 foizi, depozitorlarning 63 foizi va aktivlarni boshqaruvchilarning 60 foizi bu texnologiyadan sezilarli natija olish uchun foydalanmoqda. «Tezroq va samaraliroq xodim qabul qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadga ta’sir qiladigan bugungi dunyoda, bu holat chakana va institutsional mijozlar o‘rtasidagi farqni kamaytirish uchun mukammal boshlang‘ich nuqta va imkoniyat bo‘lib ko‘rinadi», — deb ta’kidladi Citibank vakili.
Post-savdo bozori — bu qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa aktivlar sotilgandan keyin amalga oshiriladigan jarayonlardir. Bu yerda savdo bajariladi, aktivlar o‘z egasiga o‘tkaziladi, pul va hujjatlar almashiladi.
     

Teglar

Mavzuga oid

2030 yilga kelib kripto post-savdo bozorining 10 foizini boshqaradi — Citibank | Vaqt.uz