add

2030 yilgacha 30 yoshgacha bo‘lganlar dunyo kapitalining asosiy egasiga aylanadi

03.06.2025 | 10:2119452

Dunyo bo‘ylab 30 yoshgacha bo‘lganlar moliyaviy jihatdan eng faol guruhga aylanmoqda. KPMG’ning «Global Digital Banking Trends & Insights 2025» hisobotiga ko‘ra, 2030 yilgacha yoshlar daromadi 400 foizgacha o‘sadi va ularning jami kapitali 84 trln dollarga yetadi.

2030 yilgacha 30 yoshgacha bo‘lganlar dunyo kapitalining asosiy egasiga aylanadi
O‘zbekistonda ham aholining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Biroq mahalliy banklar ushbu salohiyatli segment bilan to‘liq ish olib bormayapti. Hozircha faqat 4-5 ta tijorat banki yoshlar uchun moslashtirilgan moliyaviy mahsulotlar, savodxonlik dasturlari va raqamli xizmatlar taklif qilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, yoshlar auditoriyasiga alohida yondashuv talab etiladi. Ularga qulay interfeys, tezkor xizmatlar, masofaviy ta’lim platformalari va foydali moliyaviy maslahatlar zarur. Bu faqat qisqa muddatli emas, balki uzoq muddatli mijozlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi. Moliya sohasi raqobati kuchayib borayotgan bir paytda, banklar yoshlarning ehtiyojlariga moslashmas ekan, ular boshqa fintex yechimlarga o‘tib ketish xavfi ortib boradi. Shunday ekan, kelajakni qurayotgan yoshlarga hozirdan yetarli e’tibor berish — banklar uchun strategik ustuvorlikdir.

Teglar

Mavzuga oid