
21-yanvarda O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi?
Ertaga respublika hududlarida havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik va tuman kuzatiladi.
© Javhar Chorshanbiyeva 21-yanvar kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi, shamol tezligi esa joylarga qarab kuchayishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -1 daraja sovuq, +1 daraja iliq, kunduzi +7...+9 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -5...-10 daraja sovuq, kunduzi 0...-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi -17...-22 daraja sovuq, kunduzi -5...-10 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0...-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, cho‘l hududning shimolida -10 daraja sovuqqacha, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.





