add

24 soat ichida ipoteka subsidiyalari uchun 43 mingdan ortiq ariza topshirildi

03.10.2025 | 16:2010272

2 oktyabrdan ipoteka subsidiyalari uchun ariza berish jarayonlari boshlangan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p arizani farg‘onaliklar yuborgan.

24 soat ichida ipoteka subsidiyalari uchun 43 mingdan ortiq ariza topshirildi
3 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha ipoteka krediti olish uchun 43,7 mingta ariza qabul qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p ariza Farg‘ona viloyatidan yo‘llandi — 6 mingdan ziyod. Toshkent shahri 4,5 mingta ariza bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Samarqand viloyatidan 4,4 ming, Namangan viloyatidan esa 4,1 mingta murojaat kelib tushgan. Eng kam faollik Sirdaryo viloyatida kuzatilmoqda, 1,2 mingta ariza kelib tushgan. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu ko‘rsatkichlar mamlakat bo‘ylab ipoteka bozoridagi hozirgi talab darajasini ko‘rsatishini qayd etdi. Mahalliy ehtiyojlar hududlar kesimida turlicha shakllanayotgani ta’kidlandi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston aholisiga 9,4 trln so‘m ipoteka krediti ajratilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid