add

25 foizlik bojlar ortidan Hindiston Rossiya neftdan voz kecha boshladi

08.08.2025 | 08:3030614

AQSHning yangi boj siyosati Hindistonni Rossiya neftidan voz kechishga majbur qilmoqda, deb yozmoqda Bloomberg nashri.

25 foizlik bojlar ortidan Hindiston Rossiya neftdan voz kecha boshladi
Hindistondagi yirik neftni qayta ishlash korxonalari Rossiyadan neft xaridini shoshilinch to‘xtatdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi. Gap shundaki, AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan Hindiston mahsulotlariga joriy qilingan 25 foizlik bojlar Nyu Dehlini Rossiya bilan savdo aloqalarini qayta ko‘rib chiqishga undadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Indian Oil, Bharat Petroleum va Hindustan Petroleum kabi davlat kompaniyalari yangi sotib olish aylanmasi uchun neft manbalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Indian Oil yaqinda AQSH, Braziliya va Liviyadan katta hajmda neft sotib olgan. Shu bilan birga, Hindiston hukumati rasman neft importchilariga Rossiyadan xaridni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bermagan. Bosh vazir Narendra Modining hukumati ommaviy ravishda Trampning bojlariga qarshi chiqishini ma’lum qilgan va bu choralarga qarshi turishini aytgan. Biroq neft kompaniyalari hukumatdan rasmiy ko‘rsatmalar kutayotganini bildirgan. Trampning 6 avgustdagi farmoniga ko‘ra, Rossiya neft importini to‘xtatmagani uchun Hindiston mahsulotlariga 25 foizlik qo‘shimcha bojlar joriy qilindi. Bu joriy yil 1 avgustda kuchga kirgan avvalgi bojlarga qo‘shimcha bo‘ldi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bu choralarga javoban Rossiya neft importini oqlashga urina boshladi. Vashington esa ushbu bojlarni faqatgina dastlabki bosqich deb atab, Rossiya neft xaridorlariga bosimni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Hindiston import qilishdan bosh torta boshlagach, Rossiya neft kompaniyalari hindistonlik importchilarga neftning har barreliga 5 dollar chegirma taklif eta boshlagan. Rossiya ayni paytda Hindiston neft importining 37 foizini yetkazib bermoqda.

Teglar

Mavzuga oid

25 foizlik bojlar ortidan Hindiston Rossiya neftdan voz kecha boshladi | Vaqt.uz