add

267 mingdan ortiq dori vositalari narxlari asossiz oshirilgani aniqlandi

Bugun 11:211 daqiqa

2025 yil davomida dorixonalar tomonidan dori vositalari narxlari oshirilib, qariyb 8 mlrd so‘m asossiz daromad olingani aniqlandi.

267 mingdan ortiq dori vositalari narxlari asossiz oshirilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirib qo‘llash holatlari aniqlandi.

Dorixonalardagi qonunbuzarliklar

2025 yil davomida mazkur tizim orqali kelib tushgan xabarlar asosida 765 ta dorixona faoliyati o‘rganildi. Ulardan 119 tasi ulgurji, 646 tasi esa chakana savdo bilan shug‘ullangan. Tekshiruvlar natijasida 267 mingdan ortiq holatda dori vositalari narxlari asossiz oshirilgani aniqlandi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qonunbuzarliklar orqali jami 7,95 milliard so‘m miqdorida noqonuniy daromad olingan. Mazkur mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, fuqarolarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Eng ko‘p qonunbuzarlik aniqlangan hudud

Hududlar kesimida eng yirik qonunbuzarlik holatlari Toshkent shahrida 173 ta dorixonada 131 219 ta holatda 1 mlrd 404,7 mln so‘m miqdorda, Samarqand viloyatida 57 ta dorixonada 5 167 ta holatda 1 mlrd 231 mln so‘m miqdorda va Surxondaryo viloyatida 53 ta dorixonada 9 445 ta holatda 1 mlrd. 570,2 mln. so‘m miqdorda iste’molchilardan dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida mablag‘lar olinganligi aniqlangan.

Shuningdek, litsenziya talablari buzilgan holatlar bo‘yicha tegishli materiallar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etilgan. Qo‘mita bu yo‘nalishdagi nazorat ishlari davom ettirilishini, qonunchilik talablarini buzgan dorixonalarga nisbatan choralar qat’iylashtirilishini va ularning ro‘yxati ochiq e’lon qilib borilishini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid