Logo

3,5 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratish uchun pora talab qilgan bank xodimi qo‘lga olindi

Bugun 18:551 daqiqa

Toshkentda bank xodimi va uning sherigi tadbirkorga imtiyozli kredit olib berishni va’da qilib, 420 ming AQSH dollari talab qilgan.

3,5 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratish uchun pora talab qilgan bank xodimi qo‘lga olindi © t.me/xavfsizlik_uz

Toshkentda tadbirkordan pora talab qilgan bank xodimi va sherigi qamoqqa olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Olmazor filiali bank xizmatlari markazi yuristi hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs til biriktirgan.

Ular tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqaroga uning nomiga 3,5 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratib berish mumkinligini aytgan.

Gumonlanuvchilar o‘zlarining «xolis» xizmatlari uchun kredit summasining 12 foizini, ya’ni 420 ming AQSH dollarini talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida ular oldindan 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid