add

«+45 darajali jazirama» – Qoraqalpog‘istonda bog‘chalar yopildi

16.07.2025 | 19:4014862

Qoraqalpog‘istonning uch tumanida yuqori harorat tufayli bolalar bog‘chalari vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatdi.

«+45 darajali jazirama» – Qoraqalpog‘istonda bog‘chalar yopildi
O‘zbekistonda 16–18 iyul kunlari harorat keskin ko‘tarilishi kutilmoqda. Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, shu kunlarda havo harorati +40...+43 darajaga, ayrim janubiy va cho‘l hududlarda esa +44...+45 darajagacha yetishi mumkin. Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh, Xo‘jayli va Qorao‘zak tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bir necha kunga vaqtincha yopiladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, bu qarorlar tuman hokimlari tomonidan imzolangan bo‘lib, ularning maqsadi bolalar salomatligiga issiqning salbiy ta’sirini kamaytirish va sanitariya me’yorlariga rioya qilishdir.

Teglar

Mavzuga oid