add

4,5 ming nafar afg‘onning Buyuk Britaniyaga maxfiy ko‘chishi fosh bo‘ldi

16.07.2025 | 13:3034764

Tolibondan yashirilgan ko‘chirish dasturi tafsilotlari oshkor bo‘ldi, hukumat uzr so‘radi.

4,5 ming nafar afg‘onning Buyuk Britaniyaga maxfiy ko‘chishi fosh bo‘ldi
Buyuk Britaniyaga «Afg‘oniston ko‘chish yo‘li» deb nomlangan maxfiy dastur doirasida 4,5 mingga yaqin afg‘on fuqarosi ko‘chirilgani ma’lum bo‘ldi. BBC xabar qilishicha, mazkur harakat «Tolibon» rejimi tahdidini inobatga olgan holda yashirincha amalga oshirilgan, biroq so‘nggi paytlarda ushbu dastur doirasidagi shaxsiy ma’lumotlar ommaga tarqalib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda «Tolibon» hokimiyatga kelganidan so‘ng, taxminan 19 ming kishi Buyuk Britaniyaga ko‘chish uchun ariza topshirgan. Ular orasida mamlakatda G‘arb bilan hamkorlik qilgan sobiq harbiylar va ularning oila a’zolari ham bo‘lgan. Xususan, dastur doirasida 600 nafar afg‘on harbiy va ularning 1 800 nafar qarindoshi hali ham Afg‘onistonda qolmoqda. Buyuk Britaniya hukumati 15 iyul kuni dastur haqidagi qo‘shimcha tafsilotlarni oshkor qildi. Qayd etilishicha, mazkur maxfiy sxemada qator qoidalar buzilgan va ma’lumotlarning tarqalishi Mudofaa vazirligi xodimlaridan biri tomonidan noo‘rin xatolik natijasida sodir bo‘lgan. Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili fosh etilgan shaxslardan «samimiy uzr» so‘radi. «Afg‘oniston ko‘chish yo‘li» dasturi hozirgacha Britaniya davlat byudjetidan 400 million funt sterling sarflashga olib kelgan. Yana 450 million funtgacha xarajat qilinish ehtimoli bor. Ayni paytda dastur to‘xtatilmoqda, biroq avvaldan ko‘chirilishga rozilik olganlar uchun protsess davom ettiriladi. 2023 yil avgust oyida Facebook orqali ayrim ma’lumotlar tarqalganidan so‘ng, Afg‘onistonning avvalgi hukumati bu harakatdan xabardor bo‘lgan. Tarqalgan ma’lumotlar orasida «Tolibon» tomonidan tahdid solinishi mumkin bo‘lgan shaxslar va ularning oilaviy ma’lumotlari ham mavjud bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid