
5-fevralda O‘zbekistonning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kutilmoqda
Ertaga respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir, qor va tuman kuzatilishi mumkin.

O‘zgidromet 5-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+9 daraja iliq, kunduzi +16...+18 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, Ustyurtda kechasi va kunduzi 0...-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi +6...+11 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.





