add

5-may «Kasb va mehnat kuni» sifatida nishonlanadi

28.10.2025 | 20:402831

Ushbu kun doirasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi.

5-may «Kasb va mehnat kuni» sifatida nishonlanadi

Ma’lum qilinishicha, «Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-316-sonli prezident qarorida kasbiy ta’limni ommalashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, 2026 yildan boshlab 5 may kuni “Kasb va mehnat kuni» sifatida har yili keng nishonlanadi. Mazkur kun doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2026 yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi. Xususan, 5 yoshdan «Atrofimizdagi kasblar» o‘yinlari, 1–4-sinflarda «Kasblar alifbosi», 5–6-sinflarda «Kasblar olami», 7–9-sinflarda esa «Mening kelajakdagi kasbim» fanlari joriy qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid

5-may «Kasb va mehnat kuni» sifatida nishonlanadi | Vaqt.uz