add

5 oyda 114 mingdan ortiq haydovchi jarima ballari oldi

Bugun 12:251421

O‘zbekistonda jarima ballari tizimi joriy etilganidan so‘ng, YTHlar soni 6,3 foizga, haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgani esa 31,2 foizga kamaydi, deb xabar bermoqda YHXX.

5 oyda 114 mingdan ortiq haydovchi jarima ballari oldi

O‘zbekistonda jarima ballari tizimi joriy etilgandan beri haydovchilar orasida yo‘l qoidalarini buzish holatlari sezilarli darajada kamaygan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) matbuot kotibi Zoir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tizim 2025 yil 1 iyundan amalga kiritilgan bo‘lib, besh oy ichida 114 mingdan ortiq haydovchi jarima ballari olgan. Ularning aksariyati — 114 374 nafari — bir balldan besh ballgacha to‘plagan. Shuningdek, olti haydovchi besh balldan ortiq, ikkitasi yetti va sakkiz ballgacha jarima olgan.

YHXX ma’lumotlariga ko‘ra, tizim joriy etilgandan keyin yo‘l-transport hodisalari umumiy soni 6,3 foizga, haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgan avariyalar esa 31,2 foizga kamaygan.

«Bu raqamlar qasidir ma’noda jarima ballari tizimi haqiqatan ham samarali ishlayotganini ko‘rsatmoqda: u joriy etilgunga qadar bunday ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmagan edi», — dedi Yo‘ldoshev.

Vazirlik vakili ta’kidlashicha, 2026 yil 1 apreldan boshlab jarima ballari nafaqat inspektorlar bayonnomalari, balki kamera va radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar asosida ham hisoblanadi. Bu holda balllar avtomobil egasi va uni ishonchnoma yoki sug‘urta polisi asosida boshqarayotgan shaxs o‘rtasida taqsimlanadi.

Ayni paytda, haydovchilar o‘z jarima ballarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Safe Road mobil ilovasi orqali tekshirishlari mumkin. 12 ball to‘plangan taqdirda haydovchilik huquqidan vaqtincha mahrum etish belgilangan.

Teglar

Mavzuga oid

5 oyda 114 mingdan ortiq haydovchi jarima ballari oldi | Vaqt.uz