add

50 ming dollar pora olgan Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassisi qo‘lga olindi

24.01.2026 | 15:151 daqiqa

Mansabdor shaxs 5 gektar yer maydonining toifasini o‘zgartirib, uy-joy qurish uchun olib berish evaziga 400 ming dollar talab qilgan.

50 ming dollar pora olgan Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassisi qo‘lga olindi

Farg‘onada yer munosabatlari bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi, deb xabar bermoqda axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs mahalliy tadbirkorga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni olishida o‘zining mansabdor tanishlari orqali yordam berishini aytadi.

Xususan, 2020 yilda boshqa bir fuqaroga kam ta’minlangan va ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida issiqxona tashkil etishi uchun ajratib berilgan 29 gektar yer maydonidan 5 gektar qismini toifasini o‘zgartirib, uy-joy qurish uchun olib berish evaziga 400 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan – Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi ushbu 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanadi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid