add

50 mln dollarlik ziyon: hakerlar butun boshli «Aeroflot»ni falaj qildi

28.07.2025 | 22:2037735

Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi «Aeroflot» tarixidagi eng yirik kiberhujumga uchradi. Xakerlar tomonidan 7 mingga yaqin server yo‘q qilindi, 20 terabaytdan ortiq ma’lumot o‘g‘irlandi, 54 ta reys bekor qilindi.

50 mln dollarlik ziyon: hakerlar butun boshli «Aeroflot»ni falaj qildi
Rossiyaning flagman aviakompaniyasi — «Aeroflot» hakerlar tomonidan kiberhujumga o‘chradi. 7000 dan ortiq server va stansiyalar ishdan chiqqan. Bu haqda Rossiya OAVlari xabar bermoqda. Qayd etilishicha, hakerlar butun elektron pochtani yuklab olishgan va xodimlarni bir yil davomida tinglab kelishgan — ular barcha ma’lumotlarni tarmoqqa tarqatishni va’da qilishmoqda. Ular barcha parvozlar tarixi ham yuklab olingan. Aviakompaniya nosozlik tufayli 49 ta reysni bekor qilgan. Rossiya Bosh prokuraturasi «Aeroflot» axborot tizimlarining ishlamay qolishiga hakerlik hujumi sabab bo‘lgani, kompyuter ma’lumotlariga noqonuniy kirish bo‘yicha jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi. «Aeroflot» tizimlarini kiberhujumdan keyin tiklash bir necha haftadan olti oygacha davom etishi mumkin, xakerlar harakatlaridan ko‘rilgan zararni real baholash esa 10 dan 50 million dollargacha yetadi. «Muhim tizimlarni tiklash uchun bir-ikki oy ketadi, qolgan vaqt esa himoyani sozlash, tekshirish o‘tkazish, jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish va mijozlar ishonchini qaytarishga sarflanadi. Agar infratuzilma vayron bo‘lgan va zaxira nusxalar mavjud bo‘lmasa, to‘liq barqarorlikka erishish bir yilgacha cho‘zilishi mumkin», — degan «Spikatel» axborot xavfsizligi monitoring bo‘limining yetakchi tahlilchisi Aleksey Kozlov. Hakerlar Rossiyaning asosiy aviatashuvchisiga qilingan hujum tafsilotlarini oshkor qilishdi. Ularga ko‘ra, butun aviakompaniya ayni paytga kelib xizmat ko‘rsatilmayotgan, eski Windows XP operatsion tizimida ishlagan.Xodimlarning bir qismi axborot xavfsizligi qoidalariga e’tibor bermaganligi sababli hujum amalga oshirilgan, qolaversa kompaniya rahbari 2022 yildan beri parolini o‘zgartirmagan, hech kim kirish xavfsizligini nazorat qilmagan. Jami 7000 ga yaqin server va ish stansiyasi yo‘q qilingan, 20 TB ma’lumot o‘g‘irlangan. Sheremetyevodagi kassalar vaqtincha to‘xtatilgan, yo‘lovchilardan aeroportga kelmaslik so‘ralgan. To‘lovlarni qaytarish va chiptalarni qayta rasmiylashtirish faqat tizimlar tiklanganidan keyin amalga oshiriladi. Rossiya Transport vazirligi va «Aeroflot» ayni paytda «Rossiya» va «Pobeda» aviakompaniyalari orqali yo‘lovchilarni qayta joylashtirish choralarini ko‘rmoqda. Shu bilan birga, so‘nggi oylarda Rossiyada uchuvchisiz dronlar hujumi va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzlab reyslar bekor qilingan, minglab yo‘lovchilar zarar ko‘rgan.

Teglar

Mavzuga oid