add

50 mln so‘mdan ortiq qalbaki pul musodara qilindi

13.08.2025 | 10:0036793

Farg‘onada huquq-tartibot organlari tomonidan 315 mln so‘m va 120 ming dollardagi qalbaki kupyuralar muomalasiga chek qo‘yildi.

50 mln so‘mdan ortiq qalbaki pul musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati boshqarmasi Qo‘qon shahar bo‘limi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning mahalliy bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro qalbaki pullarni muomalaga kiritishda gumon qilindi. U 50 mln so‘mlik qalbaki kupyurani “shartli xaridor”ga haqiqiy 8 mln so‘mga sotish jarayonida qo‘lga olindi. Tezkor guruh keyinchalik gumonlanuvchining uyini ham ko‘zdan kechirdi. Tekshiruvda 50, 100 va 200 ming so‘mlik jami 315,5 mln so‘mlik qalbaki kupyuralar, shuningdek, 100 AQSH dollarlik jami 120 ming AQSH dollari miqdorida qalbaki banknotalar topildi. Barcha ashyoviy dalillar tegishli tartibda musodara qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qalbaki pullar mahalliy bozorda muomalaga kirishi mumkin edi. Tergov organlari pullarni yetkazib bergan shaxslarni aniqlash va jinoyat zanjirini fosh etish bo‘yicha ish olib bormoqda. Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Maxsus xizmatlar bunday holatlar iqtisodiy barqarorlikka xavf tug‘dirishi va jamiyat ishonchini susaytishiga urg‘u bermoqda.

Teglar

Mavzuga oid