add

6 balldan yuqori zilzilada barvaqt ogohlantirish joriy etiladi

Kecha 18:181 daqiqa

«O‘zbekiston–2030» strategiyasida 6 balldan yuqori zilzilalar uchun aholini 100 foiz barvaqt ogohlantirish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

6 balldan yuqori zilzilada barvaqt ogohlantirish joriy etiladi

«O‘zbekiston–2030» strategiyasi loyihasida favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish aholi xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Hujjatda tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash va ularning salbiy oqibatlarini minimallashtirishga qaratilgan aniq vazifalar qamrab olingan.

Loyihaga muvofiq, respublikadagi seysmik faol hududlarda 6 ball va undan yuqori zilzila sodir bo‘lgan taqdirda aholini barvaqt xabardor qilish tizimi 100 foiz joriy etiladi. Bu tizim orqali aholiga zilzila xavfi haqida tezkor axborot yetkazish, shu orqali inson yo‘qotishlari va moddiy zararlarni kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, ilmiy-texnik yondashuvlar asosida xavf indikatorlari ishlab chiqiladi. Ularga tayanilgan holda har bir mahalla xavf darajasiga qarab «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratiladi hamda bu toifalar bo‘yicha xavf darajalarini to‘liq belgilash rejalashtirilgan.

Strategiya loyihasida xavf ko‘rsatkichlarini pasaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni hududlar, tuman va shaharlar hamda mahallalar kesimida amalga oshirish vazifasi ham belgilangan. Bu choralar infratuzilmani mustahkamlash, aholini tayyorlash va xavflarni boshqarishni qamrab oladi.

Natijada, hozirda eng xavfli hisoblangan «qizil» toifadagi mahallalarni bosqichma-bosqich «sariq» va keyinchalik «yashil» toifaga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu esa aholining tabiiy ofatlarga tayyorgarligini va umumiy xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid