add

6 yoshli bolalar uchun yangi rivojlanish markazlari tashkil etiladi

16.07.2025 | 11:158962

Yosh bolalarni maktabgacha ta’limga jalb etish maqsadida «Ilk rivojlanish markazlari» faoliyatini tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

6 yoshli bolalar uchun yangi rivojlanish markazlari tashkil etiladi
Nizom maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan va alohida ehtiyojlari bor bolalar uchun ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida markazlar tashkil etish tartibini belgilaydi. Ular 3–6 yoshli, ayniqsa, kam ta’minlangan va alohida ta’lim ehtiyojlari bor bolalarni qamrab oladi. Markazlar faoliyati quyidagi ikki model asosida yo‘lga qo‘yiladi. Birinchisi – maxsus maktabgacha ta’lim xizmati modeli bo‘lib, pedagoglar 2–7 yoshli bolalarning yashash joyiga borib, ta’lim-tarbiya jarayonini olib boradi. Ikkinchisi – o‘yin guruhi modeli bo‘lib, 3,5–4 soat davom etadigan qisqa muddatli mashg‘ulotlar shaklida tashkil etiladi. Bu markazlar har bir tuman va shahardagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi huzurida faoliyat yuritadi. Eng muhimi, ularda ta’lim oluvchi bolalardan hech qanday to‘lov talab etilmaydi.

Teglar

Mavzuga oid