7 hududda «Kasblar shaharchalari» tashkil etiladi

17.02.2026 | 10:001 daqiqa

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyotini yo‘lga qo‘yiladi.

7 hududda «Kasblar shaharchalari» tashkil etiladi

Prezidentning 2026 yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoniga muvofiq, «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish» yili doirasida keng qamrovli islohotlar boshlanadi. Hujjat «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturini ham o‘z ichiga oladi.

Farmonga ko‘ra, mahallalarda 10 mingdan ortiq ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalari ishga tushiriladi. Bu orqali qo‘shimcha 100 mingta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Tashabbus aholi bandligini oshirish va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan.

Qaysi sohalar uchun mablag‘ ajratiladi?

Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun 20 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Mablag‘lar muhandislik tarmoqlari, yo‘llar va ijtimoiy obyektlarni yangilashga sarflanib, hududlarga «Yangi O‘zbekiston» qiyofasini olib kirish maqsad qilingan.

Kasb-hunar ta’limi yo‘nalishida ham muhim yangiliklar joriy etiladi. 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 7 ta hududda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari negizida «Kasblar shaharchalari» tashkil etiladi. Ushbu markazlar orqali maktab o‘quvchilari zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Hududlarda 24 ta malakani baholash markazi tashkil etilib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikatlar berish tizimi joriy etiladi. Bu choralar kadrlar sifatini oshirish va ish beruvchilar talabiga mos mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid